Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
«Hamkorbank» ATB Chirchiq universal BXО — 5 yoshda!

«Hamkorbank» ATB Chirchiq universal BXО — 5 yoshda!

29.05.2023
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Joriy yilning 20 may kuni Chirchiq universal bank xizmatlari ofisi tashkil topgan sanaga 5 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali marosim tashkil etildi.
2018 yildan o‘z faoliyatini boshlagan ushbu ofis hozirgi kunda 1 000 dan ortiq yuridik va YaTT, 10 000 dan ziyod jismoniy shaxslardan iborat mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
Ofisning bugungi kundagi yutuqlari zamirida esa izlanuvchan, fidoyi xodimlari, qolaversa, unga hamnafas bo‘lgan sadoqatli mijozlarning beminnat mehnati va yaqindan ko‘rsatgan yordamlarining katta hissasi mavjud.
Chirchiq universal BXO jamoasi va mijozlariga kuch-quvvat, g’ayrat-shijoat va cheksiz omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Yubiley sanangiz muborak, aziz hamkasblar!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026