«Hamkorbank» ATB Commerzbank AGning xalqaro mukofotiga sazovor bo’ldi
2014 yil mobaynida ikki tomonlama hamkorlik natijasiga ko’ra «Hamkorbank» ATB evropaning eng yirik banki Commerzbank AG (Germaniya)ning nufuzli mukofatiga sazovor bo’ldi: xalqaro savdo buyicha samarali hamkorlik uchun Trade Award mukofoti. Mukofotni Germaniyaning Commerzbank AG ning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, doktor Bodo Tyons taqdim etdi. Mukofotga erishishning sababi bo’lib uzaro bank amaliyotlarining ko’p miqdordaligi va shartnomalarni barcha bosqichlarida yuqori sifatli ish ko’rsatkanligi asos bo’lib keladi. Ushbu mukofot Commerzbank AG tomonidan o’tgan yili joriy etilgan bo’lib, «Hamkorbank» ATB bu mukofotga ikki yil davomida ketma-ket sazovor bo’lib kelmoqda.
Doktor Bodo Tyonsning ta’kidlashicha: «Xalqaro savdo va xalqaro hisob-kitob amaliyotlarida „Hamkorbank“ ATB O’zbekistondagi bizni ko’p yillar davomida sinalgan asosiy hamkorlarimizdan bo’lib kelmoqda. Ushbu mukofotni topshirish bilan birgalikda, hamkasblarimizga ishonchli va yuqori professional darajadagi faoliyati uchun minnatdorchiligimizni bildirib o’tmoqchiman. Hamkorligimiz yildan yilga rivojlanishiga ishonch bildiraman».