Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
“Hamkorbank” ATB Farg'ona mintaqaviy BXO da yubiley marosimi tashkil etildi!

«Hamkorbank» ATB Farg’ona mintaqaviy BXO da yubiley marosimi tashkil etildi!

07.06.2023
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Farg’ona mintaqaviy BXO tashkil topganligining 5 yillik to’yi munosabati bilan tantanali tadbir o’tkazildi.
Ofisning hozirda 1 000 dan ortiq yuridik va 27 000 dan ziyod jismoniy shaxslardan iborat mijozlar bazasi shakllangan. 50 nafar xodimga ega jamoasi bilan Farg’ona mintaqaviy BXO o’z mijozlariga barcha turdagi bank xizmatlari, jumladan, kreditlar, hisob-kassa xizmatlari, omonatlar, pul o’tkazmalari kabi bank xizmat turlarini taklif etib, ularga sifatli xizmat ko’rsatib kelmoqda.
Yubiley sanasi bilan qutlab, Farg’ona mintaqaviy BXOdagi barcha hamkasblarimizga bundan keyingi faoliyatida davomiy yuksalishlar, zafarli yurish va ulkan marralarni zabt etishni tilaymiz!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026