Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
«Hamkorbank» ATB filiallari omborlariga SKUD texnikasini o’rnatib beruvchilar o’rtasida tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB filiallari omborlariga SKUD texnikasini o’rnatib beruvchilar o’rtasida tanlov e’lon qiladi

24.01.2020
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
«Hamkorbank» ATB filiallari omborlariga biometrik belgilari (barmoq izi, ko‘z gavhari, tovush diapazoni va boshqalar) orqali identifikatsiya hamda autentifikatsiya qilish hususiyatiga ega bo’lgan tizimli uskunalarni o’rnatish va foydalanishga topshirish hizmatlarini ko‘rsatuvchilar o’rtasida tanlov e’lon qiladi.
Xizmat ko’rsatuvchilar uchun talablar:
  • O’zbekiston Respublikasi hamda boshqa davlatlardagi ish tajribasiga ega bo’lishi;
  • Xizmatlaridan foydalangan yuridik shahslar ro’yhatini taqdim etishi;
  • O’zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi filiallarga o’rnatib berish imkoniyati.

Talab qilinadigan hujjatlar:
  • Xizmat ko’rsatuvchining tadbirkorlik faoliyati to’g’risidagi hujjatlar to’plami.

Tanlov shartlari:
  • Takliflar konkurs@hamkorbank.uz elektron manziliga yuboriladi;
  • Xatda tijorat taklif va mahsulotning qisqacha tavsifi bo’lishi kerak;
  • Xat mavzusida «Biometrik belgilar orqali nazorat qiluvchi tizim» yozilgan bo’lishi kerak.

Takliflar qabul qilish muddati: 2020 yil 10 fevralgacha.
Valyuta turi: Milliy valyuta so’m yoki AQSh dollari.
Murojaat uchun:
  • IT bo’yicha savollar:
Mansurbek Rahmonov, m.rahmonov@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200 ichki:1153
  • Tanlov bo’yicha savollar:
Murodjon Ataboyev, m.ataboev@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200 ichki:1147
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026