«Hamkorbank» АTB Markaziy va Sharqiy Yevropa Banklari Uyushmasining muntazam a’zosiga aylandi
Xorijiy kapital ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik-tijorat banki Markaziy va Sharqiy Yevropa Banklari Uyushmasining a’zosiga aylandi (Association for Central and Eastern Europe — BACEE). BACEE 1996-yilda uyushma a’zolari bo‘lmish banklar hamda Markaziy va Sharqiy Yevropadagi moliyaviy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini kengaytirish va kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma «Hamkorbank» ATB Boshqaruvi Raisi O. To‘rajonova hamda Markaziy va Sharqiy Yevropa Banklari Uyushmasi Bosh kotibi janob I. Lendyel tomonidan imzolandi.
Mazkur toifadagi a’zolar a’zolik huquqlarining hammasidan foydalanadilar. Ular BACEE tadbirlarida ishtirok etishlari, axborot olishlari mumkin va h.k. Muntazam a’zolar Umumiy majlisda ovoz berish huquqiga egalar (xuddi to‘laqonli a’zolar kabi bankdan 1 ovoz).
BACEEga a’zolik xorijiy banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro bozorlarga chiqish, jahon tajribasidan bahramand bo‘lish, yangi bank mahsulotlari va texnologiyalarini ilgari surish sari intiluvchi, yaxshi obro‘-e'tiborga ega barcha banklar uchun ochiqdir. Uyushma a’zolari bo‘lmish banklar uning imkoniyatlaridan erkin foydalana oladilar.
Uyushmaning bankka taklif etadigan xizmatlari Bank xorijiy bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish, xorijiy banklar-hamkorlar, kreditorlar va potensial investorlarni topishda yordam berish, kredit liniyalarini jalb etish va moliyalashtirish imkoniyatlarini qidirish, O‘zbekistonda turli seminarlarni tashkil etish, shuningdek, bank vakillarini uyushma tomonidan tashkil etiladigan professional tadbirlarga taklif etishdan iborat. Masalan, joriy yil aprel oyida Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkaziladigan BACCEning 30 yillik yubiley bank konferensiyasida bank vakillari ishtirok etishsi ko‘zda tutilmoqda.
Hujjatlarni imzolash marosimida uyushma tomonidan Markaziy va Sharqiy Yevropa banklari, bank mahsulotlari texnologiyalari, bank marketingi, bank biznesi uchun strategiya va boshqaruv qarorlari bo‘yicha so‘nggi ishlanmalar haqidagi axborotning muhim manbasi hisoblanmish betakror ma’lumotlar bazasi tashkil etilganligi ta’kidlandi.