«Hamkorbank» ATB — «Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eng yaxshi bank»
2015 yil 4 fevral kuni «Hamkor» biznes markazi binosida BankExpo-2015 mintaqaviy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Andijon viloyat Bosh boshqarmasi va Andijon viloyat hokimiyati ko‘rgazmaning tashkilotchilari bo‘ldilar.
Ko‘rgazmada Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan 13 ta bankning stendlari tashkil etilgan edi. Ko‘rgazmaga biznes sektor, fermerlar va dehqon xo‘jaliklarining 300 dan ortiq vakillari, shuningdek, kollej bitiruvchilari tashrif buyurishdi.
Ko‘rgazma doirasida konferensiya tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakili bank-moliya sektorining ustuvor yo‘nalishlari, bitiruvchilarni kreditlash tamoyillari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, kollej bitiruvchilari o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha savollar bilan Markaziy bank va boshqa tijorat banklari vakillariga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ko‘rgazma natijalariga ko‘ra «Hamkorbank» АTB «Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eng yaxshi bank» nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.