Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
“Hamkorbank” ATB – “Mijozlarga xizmat kursatuvchi eng yaxshi zamonaviy bank” va “Horijiy kredit liniyalarini jalb qiluvchi eng yaxshi bank”

«Hamkorbank» ATB — «Mijozlarga xizmat kursatuvchi eng yaxshi zamonaviy bank» va «Horijiy kredit liniyalarini jalb qiluvchi eng yaxshi bank»

19.02.2015
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

2015 yil 18 fevral kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida «BankExpo-2015» mintaqaviy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Surxondaryo viloyat Bosh boshqarmasi va Surxondaryo viloyat hokimiyati ko‘rgazmaning tashkilotchilari bo‘ldilar. Ko‘rgazmada Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan 13 ta bank filiallari ishtirok etishdilar.

Ko‘rgazma natijalariga ko‘ra «Hamkorbank» АTB Termez filiali «Mijozlarga xizmat kursatuvchi eng yaxshi zamonaviy bank» nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. «Hamkorbank» АTB Denov filiali esa «Horijiy kredit liniyalarini jalb qiluvchi eng yaxshi bank» nominatsiyasida g’olib bo’ldi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026