«Hamkorbank» ATB orgtexnika jihozlarini sotib olish uchun tanlov e’lon qiladi
17.02.2020
2 daqiqa
Yetkazib beruvchilar uchun talablar:
- Ro’yxatdan o’tganligi to’g’risida guvohnomani, ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani, litsenziyalangan dasturiy ta’minotni sotish huquqini beruvchi litsenziyani taqdim etish.
- O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqaruvchining kamida 2 ta servis markazlarining mavjudligi to’g’risidagi kafolat xatini taqdim etish.
- Ishlab chiqaruvchining servis markazlari 3 yil davomida yetkazib beriladigan uskunalar o’rnatilgan joyida kafolat xizmatini ko’rsatish to’g’risidagi kafolat xatini taqdim etish.
Texnik talablar: Fayl
Qo’shimcha talablar:
- Taqdim etilgan barcha uskunalar bir xil tovar belgilariga va logotipga ega bo’lishi kerak;
- Agar yetkazib berilayotgan uskunalar texnik talablarga javob bermasa, yetkazib beruvchi uni 5 bank ish kuni ichida almashtirib berishi kerak;
- Yetkazib berish muddati oldindan to’lovni olgan kundan boshlab 60 kalendar kun;
- 3 yillik kafolatni ta’minlab berish.
Takliflar qabul qilish muddati: 01.03.2020 yil kunigacha.
Valyuta turi: Milliy valyuta so’m, AQSh dollari, yevro.
Konkurs shartlari:
- Takliflar konkurs@hamkorbank.uz elektron manziliga yuboriladi;
- Xatda tijorat taklif va mahsulotning qisqacha tavsifi bo’lishi kerak.
Murojaat uchun:
- Murodjon Ataboyev, telefon: 0−800−1-200−200, ichki raqam: 1147