Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
“Hamkorbank” ATB signalizatsiya vositalarini o’rnatish bo’yicha tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB signalizatsiya vositalarini o’rnatish bo’yicha tanlov e’lon qiladi

09.03.2020
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Yetkazib beruvchilar uchun talablar:

  • Ro’yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda yong‘inni avtomatik tarzda o‘chirish, xabarlash va qo‘riqlash qurilmalarini loyihalash, jixozlash, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tasdiqlovchi litsenziyasini taqdim etish.

Texnik talablar:

  • Montaj ishlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 05 iyundagi 12,21/7 — sonli qo‘shma qaroriga asosan ishlab chiqilgan «Banklar va ularning filiallarini ichki ishlar idoralari xuzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlashni tashkil etish tartibi to‘risidagi yo‘riqnoma» talablari asosida bajarilishi kerak.

Qo’shimcha talablar:

  • Qo‘riqlash va yong‘indan ogoh etuvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimi joylashuvi loyihasini ishlab chiqish va tegishli idoralarda tasdiqlatish.
  • Avans to’lovi 50% ni tashkil etadi. Qolgan 50% yakuniy to‘lovi, montaj ishlari to‘liq yakunlanganidan va topishirilganidan so’ng o’tkazib beriladi.
  • Bajarilgan ishlar uchun 1 yillik kafolatni taqdim etish.

Konkurs shartlari:

  • Takliflar konkurs@hamkorbank.uz elektron manziliga yuboriladi;
  • Xatda tijorat taklif va dasturiy ta’minotni qisqacha tavsifi bo’lishi kerak;
  • Xat mavzusi — «Signalizatsiya ”.

Takliflar qabul qilish muddati: 24.03.2020 yil kunigacha.

Valyuta turi: Milliy valyuta so’m.

Murojaat uchun:

  • Texnik savollar: Dilshod Abdullayev, tel. 0 800 1 200 200 (ichki raqam 1441).
  • Konkurs boyicha savollar: Murodjon Atabayev, tel. 0 800 1 200 200 (ichki raqam 1147).

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026