Hamkorbank ATB tomonidan «Global Money week» — («Umumjahon pul haftaligi») loyihasi doirasida
12.05.2023
2 daqiqa
«Moliyaviy rejalashtirish» mavzusida Andijon viloyatining Shahrixon, Asaka, Bo‘ston, Jalaquduq va Baliqchi tumanlaridagi 2 nafar (jami 10 ta), shuningdek, Namangan viloyati Chust tumanidagi 5 ta maktabda o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan «Eng namunali dars» tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, o‘qituvchilar moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha bank xodimlari tomonidan o‘tib berilgan mavzuni o‘quvchilariga to‘laqonli ravishda, o‘ziga xos uslubda yetkazishi, ularning moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini qay tarzda oshirganliklarini tushunarli va ijodiy yondashuv bilan tasvirga olib yuborishlari kerak edi.
Kuni kecha, bankning mas‘ul xodimlari tomonidan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazilib, 1−2-3-o‘rin egalari qimmatbaho esdalik sovg‘alari va maxsus diplom bilan taqdirlandilar.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan quyidagi yurtdoshlarimizni qutlaymiz:
G‘oliblarga Planshet (1-o‘rin), Televizor (2-o‘rin), smart soati (3-o‘rin) hamda Bankning maxsus sovg‘alari topshirildi.

- Nilufar Madaminova — Jalaquduq tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi «Matematika» fani o‘qituvchisi;
- Mohidil G‘ulamova — Asaka tumani 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi «Ona tili va adabiyoti» fani o‘qituvchisi;
- Sherzodbek Nasibiddinov — Bo‘ston tumani 25-umumta'lim maktabi «Informatika» fani o‘qituvchisi.