mc.yandex.ruyandex

“Hamkorbank” ATB va “Ayil bank” OAJ pul o’kazmalari bo’yicha kelishuv imzolashdi.

28 / 11 / 2018

2018 yil 27 noyabr kuni, Qirg’iziston Respublikasi Osh shahrida, Hamkorbank hamda Ayil bank vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida "Bereke" pul o'tkazmalari tizimi bo'yicha hamkorlik bitimi imzolandi.

news.png

“Hamkorbank” ATB tomonidan Chakana biznes departamenti direktori Akmal Mahmudov, “Ayil bank” OAJ tomonidan esa Boshqaruv raisi o’rinbosari Nogaev Ulanbek ishtirok etishdi.

news2.png

Bitim imzolash natijasida, “Bereke” pul o'tkazmalari tizimi O’zbekistonda joriy etilishi, hususan Hamkorbankning mamlakat bo’yicha 42 filial va mini-banklarida ushbu tizim mijozlarga taqdim etiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu bitim O'zbekiston va Qirg'iziston davlatlari o'rtasidagi moliyaviy hamkorlikni mustahkamlashda katta qadamligini ta'kidladilar.

"Bereke" pul o'tkazmalari tizimi - bu Qirg'iziston bo'ylab tezkor pul otkazmalari tizimidir. Ushbu bitim imzolangandan so`ng Ayil bankining "Bereke " pul o`tkazmalari tizimi xalqaro tizimga aylandi.


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play