mc.yandex.ruyandex

"Hamkorbank" atb va "Gazprombank" aj o'rtasida hamkorlik qilish bo'yicha o'zaro kelishuv imzolandi

24 / 10 / 2018

Mazkur kelishuvning asosiy maksadi banklar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik yo'nalishlarini belgilash va O'zbekiston Respublikasidagi loyihalarga investitsiyalar kiritish.

Bitim shuningdek, mijozlarning manfaatlari doirasida brokerlik xizmatlari sohasida hamkorlik qilish, onlayn-savdo va Hamkorbank tomonidan taklif qilinayotgan xizmat turlarining kengayishiga samarali ta'sir etuvchi ochiq bozorlarga kirib borishni ham ko'zda tutadi.

Uchrashuv mobaynida tomonlar transport, tibbiyot, uy-joy kommunal, agrosanoat, ijtimoiy infratuzilma loyihalarini birgalikda moliyalashtirishdagi hamkorlikka qiziqishlarini bildirishdi. Birgalikda moliyalashtiriluvchi ustuvor sohalar sifatida qishloq xo'jaligi va tekstil sanoati belgilab olindi. Chunki mazkur sohalar O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanishida hamda barqaror saqlashda asosiy yo'nalishlar hisoblanadi.

Shuningdek, Moskva fond birjasi va Rossiya Federatsiyasi tashqarisidagi tashkiliy savdo maydonchalarida Rossiya rubli va boshqa xorijiy valyutalarda aks etgan Hamkorbank obligatsiyalarini joylashtirishga tayyorgarlikni muhokama qilishdi. Aytish kerakki, bu Hamkorbankning investitsion jozibadorligini halqaro miqiyosida oshiradi va xorijiy moliya institutlarining Hamkorbankka bo'lgan sarmoyaviy e'tiborini kuchaytiradi.

Kelgusida "Gazprombank" mutaxassislari tomonidan "Hamkorbank" xodimlarini o'qitish, bank xodimlari uchun seminar va amaliyotlar tashkil qilish rejalashtirilgan.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play