«Hamkorbank» ATB va YeTTB o’rtasida biznesni moliyalashtirish bo’yicha kelishuvlar imzolandi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlar jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmonining amaliyotga tadbiq etilishi, ko’plab xalqaro moliya institutlarining O’zbekistonda biznes yuritishga bo’lgan ishonchini ortishiga olib keldi. O’zbekiston Respublikasi bank — moliya tarmog’ini rivojlantirishda va qullab quvvatlashda faol ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro moliya institutlaridan biri Yevropa Tiklanish va Tarakkiyot Bankidir.
Bugun, Toshkent shahrida, «Radisson Blu Hotel» mexmonxonasida Chet — el kapitali ishtirokidagi aktsiyadorlik tijorat banki «Hamkorbank» hamda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) o’rtasida kichik biznesni kreditlash va savdoni moliyalashtirish yo’nalishlarida ikki tomonlama shartnomalarni imzolash marosimi bo’lib o’tdi.
Imzolash marosimida YeTTB vakillari, «Hamkorbank» ATB Kengash raisi, Boshkaruvi raisi va a’zolari, shuningdek ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.
«Hamkorbank» ATB va YeTTB o’rtasidagi ushbu kelishuv o’zaro hamkorlikni yanada yangi bosqichga ko’tarish imkoniyati beradi. Imzolash marosimi doirasida 2 ta yirik shartnoma, ya’ni kichik biznesni moliyalashtirish maqsadlariga umumiy miqdori 20,0 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan hamda savdoni moliyalashtirish uchun 10,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi kelishuvlar imzolandi. Savdoni moliyalashtirish dasturi bankga zamonaviy moliyalash instrumentlarini qo’llagan holda mijozlarning tashqi savdo amaliyotlarini moliyalashtirish imkoniyatini beradi hamda bank tomonidan mijozlarga taqdim etilayotgan maxsulotlar jozibadorligini oshirishiga olib keladi.
«Hamkorbank» ATBning butun respublika bo’yicha 33 ta filial va 158 ta xizmat ko’rsatish shaxobchalarining mavjudligi mamlakatimizning barcha xududlarida, ayniqsa qishloq xududlarida kichik va mikro biznes sub’ektlarini moliyalashtirishda bank katta imkoniyatga egadir.
Ushbu imzolangan kelishuvlar mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo’llab quvvatlash orqali minglab yangi ish o’rinlarini yaratish, eksport — import bilan shug’illanuvchi biznes sub’ektlarining tashqi savdo aloqalarini yanada takomillashtirishga o’z hissasini qo’shadi.
«Hamkorbank» ATB va YeTTB o’rtasida o’zaro hamkorlik tarixi 2001 yildan boshlangan. Mikro va kichik korxonalarni moliyalashtirish yo’nalishida jami 13,0 mln AQSh dollariga teng bo’lgan 4 ta kredit kelishuvi imzolangan. Shuningdek, savdoni moliyalashtirish soxasida 3 ta kelishuv imzolangan. Mikro va kichik korxonalarni moliyalashtirish yo’nalishida kredit liniyalarini o’zlashtirish davomida YeTTB tomonidan bankga doimiy texnik ko’mak ko’rsatish dasturlari ham amalga oshirilgan. Texnik ko’mak doirasida mijozlarni kreditlash jarayonlari, kreditga layoqatligi taxlili modeli hamda kredit mutaxassislarini rag’batlantirish tizimlari ishlab chiqilgan.