Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
«Hamkorbank» ATB Xazorasp universal BXO da bayram tadbiri o‘tkazildi!

«Hamkorbank» ATB Xazorasp universal BXO da bayram tadbiri o‘tkazildi!

31.05.2023
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Joriy yilning 26 may kuni Xazorasp universal BXO tashkil topgan sanaga 5 yil to‘lganligi chinakam tantanaga aylandi.
Xazorasp mini banki sifatida bundan 5 yil muqaddam ish boshlagan ofis, hozirga kelib, 42 nafar xodimga ega jamoasi bilan birga allaqachon samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yishga erishdi.
Ta’kidlash joizki, Xazorasp universal BXO mijozlar bazasi ayni vaqtda 1 000 ga yaqin yuridik va 10 000 dan ortiq jismoniy shaxslardan iborat. Va ofisda mijozlarga bir qancha zamonaviy bank mahsulot va xizmat turlari taqdim etiladi.
Yubiley sanangiz bilan qutlagan holda, Xazorasp universal BXOdagi Siz aziz hamkasblarga bundan keyingi faoliyatingizda yanada yuksak marralarni zabt etishni tilaymiz!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026