mc.yandex.ruyandex
«Hamkorbank» ATB yangi marrani zabt etdi - kredit portfeli 8 trillion so‘mdan ortdi!

«Hamkorbank» ATB yangi marrani zabt etdi - kredit portfeli 8 trillion so‘mdan ortdi!

07 / 06 / 20212021 yilning 1 iyun holatiga, Hamkorbank kredit portfeli - 8,1 trillion so‘mdan ortib, yil boshiga nisbatan 12 % o‘sishga erishdi.

Joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida Bank tomonidan 3,1 trln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Hisobot davrida korporativ kredit portfeli 6,2 trln. so‘mni tashkil etib, yil boshidan 10 % o‘sishga, chakana kredit portfeli esa 1,9 trln. so‘mga yetib, 19 % o‘sishga erishgan.

Hamkorbank aholi va biznes sub'yektlariga faol sur’atlarda kredit ajratib kelmoqda. Chakana sektorda mikroqarzga, korporativ yo‘nalishda esa biznesni rivojlantirishga talab ortganligini kuzatish mumkin.

Hamkorbank dunyoning yetakchi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda samarali ish tashkil etib, tadbirkorlik sub'yektlariga investitsion maqsadlarni amalga oshirish uchun turli kredit mahsulotlarini taqdim etmoqda.

Hamkorbankning yaqin istiqboldagi asosiy vazifalaridan biri - bu O‘zbekiston bank tizimidagi o‘rnini yanada mustahkamlashdir. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kreditlash jarayonlarini takomillashtirish, zamonaviy skoring modellarini joriy qilish orqali qulay shartlardagi kredit maxsulotlarini keng ommaga taklif etish ustida ishlamoqda.

Hamkorbank — 30 yil Siz bilan birga!

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play