Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
“Hamkorbank” ATBdan unikal bank mahsulot

«Hamkorbank» ATBdan unikal bank mahsulot

13.10.2015
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» ATB qishloq ho’jalik korxonalari faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida kompleks kredit mahsulot taqdim etadi. Kreditlar xalqaro kredit liniyasi mablag’laridan AQSh dollarida va milliy valyuta so’mda beriladi.

Kreditlar quyidagi maqsadlarda beriladi:

  • Qishloq ho’jalik korxonalarida meva-sabzavotchilik va uzumchilik mahsulotlarini yetishtirish;
  • Meva va sabzavotlarni qayta ishlash korxonalariga aylanma mablag’larni to’ldirish va asosiy vosita sotib olish;
  • Muzlatgichlar qurish va faoliyatini rivojlantirish;
  • Issiqxonalar tashkil etish va rivojlantirish.

Kreditlar Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Toshkent, Samarkand, Sirdaryo hamda Farg’ona viloyatlari rasmiy ma’muriy markazlarining sanoat hududida va ma’muriy markazidan tashqarida joylashgan qishloq ho’jalik korxonalariga taqdim etiladi.

Kredit miqdori:

  • Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun — 50 ming AQSh dollari yoki so’mdagi ekvivalentigacha;
  • Investitsion maqsadlarga — 500 ming AQSh dollari yoki so’mdagi ekvivalentigacha;
  • Omborxona va sovutish, muzlatish kameralar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish uchun — 1 000 000 AQSh dollari yoki so’mdagi ekvivalentigacha.

Muddatlar:

  • Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun — 18 oygacha;
  • Investitsion maqsadlar uchun — 10 yil muddatgacha ajratiladi.

Foiz stavkalari:

  • Milliy valyutada ajratilgan kreditlar uchun — yillik foiz stavkasi 10%;
  • AQSh dollarida ajratilgan kreditlar uchun — yillik foiz stavkasi 5,5%.

«Hamkorbank» ATB mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida o’zining eng qulay foiz stavka va muddatiga ega bo’lgan kreditlarni taqdim etadi. Batafsil ma’lumot olish uchun Bank aloqa markaziga 0 800 1−200−200 qo’ng’iroq qiling yoki o’zingizga qulay bo’lgan Bank filialiga murojaat qilishingiz mumkin.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026