Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
“Hamkorbank” ATBdan yangi maxsulot

«Hamkorbank» ATBdan yangi maxsulot

13.07.2015
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

O’z mablag’laringizni foydali boshqarish uchun «Hamkorbank» ATB yana bir imkoniyat taqdim etadi. Jismoniy shaxslarni naqd pul bo’lmagan pul mablag’lariga yillik 10% daromad olish imkoniyatini beruvchi «Daromadli karta» jamg’arma omonati. Naqd pulsiz mablag’lar istalgan bank plastik kartalari orqali qabul qilinadi, «Hamkorbank» ATB plastik kartalari bundan mustasno. Omonat mablag’larini va foizlarini kirim qilish uchun, pul mablag’i egasi uchun milliy valyutadagi plastik karta ochiladi. Plastik karta taqdim etish bilan birgalikda omonatni rasmiylashtirish bepul. Omonat mablag’lari omonatchining istagiga ko’ra to’ldirib borilishi va xarajat qilinishi mumkin. Bank kuning yakunida pul qoldig’iga nisbatan foizlar kunlik hisoblanib boriladi.

Yillik foizlar quyidagi shkala bo’yicha hisoblanadi:

• Karta jamg’armasidagi qoldiq 2 999 999 so’m bo’lganda — 0.1%;

• Karta jamg’armasidagi qoldiq 3 000 000 so’mdan 4 999 999 so’mgacha bo’lganda — 5%;

• Karta jamg’armasidagi qoldiq 5 000 000 so’mdan 9 999 999 so’mgacha bo’lganda — 8%;

• Karta jamg’armasidagi qoldiq 10 000 000 so’m va undan yuqori bo’lganda — 10%.

«Daromadli karta» jamg’arma omonatiga mablag’lar 01.01.2015 yilga qadar qabul qilinadi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026