Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
“Hamkorbank” ATBga Moody's xalqaro agentligi reytinglari berildi

«Hamkorbank» ATBga Moody’s xalqaro agentligi reytinglari berildi

23.03.2015
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligi 2015-yil 20-mart kuni chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankining xalqaro reytinglarini tasdiqladi.

Unga ko‘ra milliy valyutadagi deposit mablag‘lari reytingi «В1» ko‘rsatkichi bilan, xorijiy valyutadagi deposit mablag‘lari reytingi «В2» sifatida, bank kreditga qodirligining bazaviy bahosi esa «b1» deb qayd etildi.

Shuni ta’kidlash joizki, barcha reytinglar bo‘yicha prognoz «Barqaror» ekanligi tasdiqlangan.

Reytinglarning tasdiqlanishi agentlikning bankda korporativ boshqaruv tizimi va tavakkalchilikni boshqarish tizimi, barqaror mijozlar bazasi va yaxshi daromadlilik borligi to‘g‘risidagi fikrini aks ettiradi. Bunday daromadlilikni hududdagi kichik va o‘rta biznesni kreditlashning tez o‘sayotgan va yuqori daromadli segmentiga, shuningdek, pul o‘tkazmalari bozoridan foydalana olish imkoniyati borligi qo‘llab-quvvatlaydi. Bank daromadlilik, o‘z kapitalining adekvatligi va aktivlarining sifati bo‘yicha barqaror moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega.

Tahlilchilar tomonidan shu narsa alohida e’tirof etildiki, moliyaviy barqarorlik bankning mikromoliyalash sohasida, shuningdek, pul o‘tkazmalari bozorida yetakchilardan ekanligi bilan qo‘llab-quvvatlanadi: O‘zbekistonda kreditga talab oshib borishi tufayli kredit portfeli 2014-yilda qariyb 86% ga va 2013-yilda 59% ga oshdi. Shuningdek, so‘nggi yillarda kreditlashning tez sur’atlar bilan o‘sib borishiga qaramay, «Hamkorbank» aktivlari sifati o‘xshash banklardagiga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yil 31-dekabr holatiga to‘lov muddati 90 kundan ko‘proqqa kechikkan kreditlarning darajasi jami kredit portfelining 1% idan kam miqdorni tashkil etmoqda.

Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligi 5 yildan buyon bankni ijobiy xalqaro ko‘rsatkichlar bilan baholab kelmoqda.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026