Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Hamkorbank — «Bank xizmatlari» toifasida eng yaxshi bank deb topildi!

Hamkorbank — «Bank xizmatlari» toifasida eng yaxshi bank deb topildi!

24.05.2021
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Milliy marketing markazi tomonidan tashkil etilgan «Yil brendi 2020» tanlovida Hamkorbank «Bank xizmatlari» toifasida birinchi o‘rinni egalladi. Iste’molchilarning tanlovi Hamkorbank mustahkam asosga, yuqori qadriyatlarga va taqdim etilayotgan xizmatlarning a’lo sifatiga ega brend bo‘lib shakllanganligini yaqqol namoyon etmoqda.

O‘z ovozini bizga bergan iste’molchilarning barchasiga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizning ovozingiz — biz uchun rag‘bat. Biz bundan keyin ham xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda innovatsion bank xizmatlari va mahsulotlarini taqdim etish ustida tinimsiz ish olib boramiz. Eng asosiysi esa — bu e’tirof yangi marralarni zabt etishda bizga ilhom bag‘ishlaydi.

Biz bilan birga ekanligingiz uchun rahmat!
Hamkorbank — 30 yil Siz bilan birga!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026