Hamkorbank «BankExpo-2013» g’olibi
12.04.2013
2 daqiqa
10−12 aprel kunlari «Ko'rgazma savdo» markazida bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari bo’yicha VI an’anaviy «BankExpo-2013» milliy ko’rgazmasi bolib o’tdi. Respublika markaziy banki tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirga homiylik qildi va faol ishtirok etdi.
OATB «Hamkorbank»ning shu kunga qadar erishgan yutuqlari, mahsulotlari hamda bankning yanada rivojlanishi yuzasidan istiqboldagi rejalarini taqdim etdi. Ko’rgazmaga tashrif etgan har bir qatnashchi o’zini qiziqtirgan savollariga bank mutaxassislaridan atroflicha ma’lumot olishga muvaffaq bo’ldilar.

Bu yil mazkur ko’rgazma doirasida Hamkorbank tadbirkor va kasb-hunar kollej bitiruvchilari o’rtasida biznes loyihalar b’yicha o’tkazilgan tanlov g’oliblarini taqdirladi. Ta’kidlash joizki, mazkur tanlovga mamlakatimizning barcha hududlaridan 100 dan ortiq arizalar qabul qilindi. Biznes loyihalarni holis baholash uchun bankning yetuk mutaxassislaridan tarkib topgan maxsus guruh ish olib bordi. Tanlov hay’ati xulosasiga ko’ra «Kollej bitiruvchisining eng yaxshi loyihasi» «BOBUR SANOAT SERVIS» MChJ, «Eng samarali biznes loyiha» — «Landscape of Golden Valley» MChJ, Innovatsion loyiha — «INSOF» MChj, «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda eng istiqbolli loyiha» — «SAYHUN» XK, «Xizmat ko’rsatishdagi eng istiqbolli loyiha» — «DILSHOD-MATBAA» XK kabi nominatsiyalar boyicha 10 nafar tadbirkorning loyihasi eng yaxshi deb e’tirof etildi. Tanlov g’oliblariga imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikat va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

«BankExpo-2013» ko’rgazmasi yakuniga ko’ra Hamkorbank «Stendning eng yaxshi duzayni uchun», «On-layn ovoz berish g’olibi» va «Xorijiy kredit liniyalarini jalb etayotgan eng yaxshi bank» nominatsiyalari bo’yicha g’olib deb topildi.

.jpg)