
Hamkorbank — eng kreativ bank!
27 / 11 / 2025O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan “Yashil va qulay uy–joy” xalqaro forumida "Hamkorbank" ATB alohida e'tirof etilib, "Eng kreativ bank" nominatsiyasida g'olib deb topildi.Ushbu sharafli nominatsiya bejizga Hamkorbankka taqdim etilmaganligi aniq, chunki bank o'z rivojlanish strategiyasiga asosan mamlakatimiz aholisining bank mahsulot va xizmatlaridan foydalanishida yanada qulay va oson yechimlarni yaratishga kirishgan. Buning yaqqol dalilini aholiga qulay shartlarda ajratilayotgan yashil ipoteka kreditlarida ham ko'rish mumkin.
Hamkorbankda yashil energiya uchun yanada qulay imkoniyatlar mavjud bo'lib, uyingizga 50 kVt gacha bo‘lgan quyosh panellari va boshqa energiya tejamkor uskunalarni o‘rnatish uchun 170 mln so‘mgacha, 10 yil muddatga arzon foizli kreditlarni rasmiylashtirishigiz mumkin.
Yashil kreditlarni rasmiylashtirish uchun Hamkorbank ofislariga tashrif buyuring!
Hamkorbank bilan yashil energiyaga o‘ting!





