mc.yandex.ruyandex
Hamkorbank farzandlarimizning moliyaviy jihatdan ham savodxon bo‘lishini istaydi

Hamkorbank farzandlarimizning moliyaviy jihatdan ham savodxon bo‘lishini istaydi

10 / 05 / 2021«Global Money Week» pul haftaligi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda «Hamkorbank» ATB tomonidan umumta’lim maktablari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarning navbatdagisi Andijon shahridagi 5-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. 

Informatika fani o‘qituvchisi Gulpari Sharipova o‘z darsini noan’anaviy tarzda olib bordi. U bank xodimi sifatida 9-sinf o‘quvchilariga moliyaviy savodxonlik o‘zi nima, bank, uning asosiy maqsadi, bank xizmatlaridan foydalanishning muhim jihatlari xususida ma’lumot berdi. 

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan darsda o‘quvchilar puldan maqsadli foydalanish borasida nechog‘li bilim va ko‘nikmalarga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Turmush tarzini yaxshilash, hayot sifatini oshirishga xizmat qiluvchi, turli maqsadlarga taqdim etilayotgan kreditlarning ahamiyati, undan maqsadli foydalanishning zarurati muhokamalarning bosh mavzusi bo‘ldi. 

35-davlat ixtisoslashtirilgan maktabida Moliyaviy savodxonlik darsi noana’naviy tarzda tashkil etilganligi bilan e’tiborni tortdi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘lingan holda mavzuni puxta o‘zlashtirishga harakat qildilar. Matematika fani o‘qituvchisi Muattar Nishonova aqlni charxlovchi misollar yordamida 9-sinf o‘quvchilarining kelgusi hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi pulni jamg‘arish, undan oqilona foydalanishning asosiy jihatlarini tahlil qilib berdi.  Tadbir ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, ularning taqdimoti darsning yanada qiziqarli va esda qolarli bo‘lishini ta’minladi. 
 
«Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars» nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni kim qo‘lga kiritadi? Ushbu savolga joriy yilning 20 may kuni javob beriladi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda g‘olib bo‘lganlarga Hamkorbank'ning maxsus sovg‘alari taqdim etiladi. 

Umumta’lim maktablarida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda. 

Hamkorbank - 30 yil Siz bilan birga!

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play