Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
"Hamkorbank" ATB va IFAD o‘rtasida kelishuv imzolandi

«Hamkorbank» ATB va IFAD o‘rtasida kelishuv imzolandi

15.06.2024
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
«Hamkorbank» ATB qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirishga ixtisoslashgan xalqaro moliya tashkiloti IFAD bilan kelishuvga erishdi. Bosh ofisi Rimda (Italiya) joylashgan ushbu xalqaro moliya tashkiloti dunyoning deyarli 100 ga yaqin davlatlaridagi 200 dan ortiq loyihalarda ishtirok etadi. Bundan tashqari, IFAD 177 ta a’zo davlatga ega va Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEC) va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) a’zolari bilan hamkorlikda ishlaydi. IFAD 1978 yildan beri kredit va grantlar ko‘rinishida 23,2 mlrd. AQSH dollari ajratdi. Shuningdek, 31 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi mablag’larni xalqaro va mahalliy miqyosda moliyalashtirishni muvofiqlashtirdi.
Umumiy qiymati 2,5 mln. AQSH dollarini tashkil qiluvchi kelishuvni imzolash marosimi 2024 yil 15 iyun kuni «Courtyard Tashkent» mehmonxonasining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Mablag‘lar mamlakatimizning Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo kabi viloyatlarida qishloq xo‘jaligi (chorvachilik va bog‘dorchilik) ni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026