Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
“Hamkorbank” - iFin-2013 Forumi ishtirokchisi

«Hamkorbank» — iFin-2013 Forumi ishtirokchisi

23.01.2013
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» 2013 yil 5−6 fevral kunlari Moskva shahrida («Redisson Slavyanskaya» mehmonxonasi) bo’lib o’tadigan «Elektron moliyaviy xizmatlar va texnoligiyalar» nomli XIII xalqaro iFin-2013 Forumida ishtirok etadi. Mazkur forum Rossiya banklar assosiasiyasi (ARB) hamda Fond bozori qatnashchilari milliy assosiasiyasi (NAUFOR) tashabbusi bilan iFin.ru internet portali (http://www.ifin.ru) tomonidan tashkil etilmoqda.

Aytish joizki, Rossiyada o’tkazilayotgan iFin-2013 forumi (http://www.forumifin.ru) elektron moliyaviy xizmatlar va texnologiyalar masalalariga bag’ishlangan muhim tadbirlardan biridir. iFin-2013 forumida internet — va mobil-banking, onlayn-hisoblash va to’lovlar, o’z-o'ziga moliyaviy xizmat ko’rsatish servislari, elektron moliyaviy xizmatlar xavfsizligini ta’minlash va rivojlantirish doirasidagi eng yangi texnoligiyalar va ularning zamonaviy yechimlari namoyish etilishi ko’zda tutilgan.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026