Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Hamkorbank IT-arxitektura bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimiga nomzodlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi!

Hamkorbank IT-arxitektura bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimiga nomzodlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi!

14.10.2019
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Korporativ ilovalar arxitekturasi, ularni integratsiya qilish mexanizmlari, modulli arxitektura va ma’lumotlar arxitekturasi tamoyillarini qo‘llash bo‘yicha bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lishi;
  • Modellashtirish tillarini bilish, korporativ dastur arxitekturasining turli jihatlarini tavsiflash;
  • ITIL jarayonlarini bilish;
  • Bank biznes jarayonlarini bilish;
  • Zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida keng dunyoqarashga ega bo‘lishi;
  • SOAP va RESTAPI protokollari bilan ilovalarni integratsiya qilish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • Korporativ integratsiyalashgan shina bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi;
  • Qat’iy talab: yetakchi dasturchi sifatida tajribaga ega bo‘lishi.

Vazifalari:
  • Biznes talablari asosida IT-echimlari uchun maqsadli arxitektura va texnik talablarni ishlab chiqish;
  • Mutaxassislar bilan birgalikda me’moriy yechimlarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish;
  • Arxitektura yechimlari qo‘llaniladigan texnologiyalarni taqdim etish va himoya qilish bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash va o‘tkazish;
  • Informatsion sistemalarni maqsadli arxitekturaga muvofiqligini nazorat qilish.

Rezyumelarni 2019 yil 20 oktyabrgacha elektron pochta orqali yuborishingiz mumkin: hr@hamkorbank.uz
Ma’lumot uchun telefon: 78 298−04−30
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026