Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Hamkorbank IT-arxitektura mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi!

Hamkorbank IT-arxitektura mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi!

18.11.2019
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
  • Korporativ ilovalar arxitekturasi, ularni integratsiya qilish mexanizmlari, modulli arxitektura va ma’lumotlar arxitekturasi tamoyillarini qo‘llash bo‘yicha bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lish;
  • Modellashtirish tillarini va notatsiyalarini bilish, korporativ dastur arxitekturasining turli jihatlarini tavsiflash;
  • ITIL jarayonlarini bilish;
  • Bank biznes jarayonlarini bilish;
  • Zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida keng dunyoqarashga ega bo‘lish;
  • SOAP va RESTAPI protokollari bilan ilovalarni integratsiya qilish, shuningdek, korporativ integratsiyalashgan shina bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
  • Qat’iy talab: yetakchi dasturchi sifatida tajribaga ega bo‘lish.

Vazifalari:

  • Biznes-talablar asosida IT-echimlari uchun maqsadli arxitektura va texnik talablarni ishlab chiqish;
  • Mutaxassislar va dasturchilar bilan birgalikda me’moriy yechimlarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish;
  • Arxitektura yechimlari qo‘llaniladigan texnologiyalarni taqdim etish va himoya qilish bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash va o‘tkazish;
  • Informatsion sistemalarni maqsadli arxitekturaga muvofiqligini nazorat qilish.

Mehnat sharoitlari:

  • Oylik maoshi: 15 mln. so‘m va undan yuqori (suhbat natijalari va tajribadan kelib chiqqan holda).
  • Yashash joyi bilan ta’minlab beramiz.

Rezyumelarni hr@hamkorbank.uz elektron pochtasiga yoki @Golibjon_hamkor Telegram akkauntiga yuborishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefon:


☎ 78 298 04 30


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026