«Hamkorbank» OATB BankExpo-2014 ko’rgazmasida ishtirok etadi
28.03.2014
1 daqiqa
«Hamkorbank» 9−10 aprel kunlari poytaxtimizdagi Ko’rgazma Savdo markazida bo’lib o’tadigan bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlariga bag’ishlangan an’anaviy VII «BankExpo-2014» milliy ko’rgazmasida ishtirok etadi.
Mazkur yirik anjumanni tashkil etishdan asosiy maqsad tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga bank-moliya tizimining so’nggi yutuqlari hamda istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlarini keng yetkazish, yangi texnologiya va xizmatlar bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir.
BankExpo doirasida davra davra suhbantlari, seminar, taqdimot, mahorat-mashg'ulotlari va turli tadbirlar o’tkaziladi.
Ko’rgazmada «Hamkorbank» tomonidan aholi bandligini ta’minlash bo’yicha loyihalar tanlovida g’olib bo’lgan kichik biznes subyektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar, ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, yangi faoliyatni yo’lga qo’ygan tadbirkorlarga imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshiriladi.