«Hamkorbank» OATBda murojaat markazi tashkil etildi
08.11.2013
1 daqiqa
Bankka murojaat etish uchun 8 (800)-1−200−200 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.
Murojaat markazi orqali mijozlar bank xizmatlari, jumladan, kreditlash tartiblari, mablag’larni omonatga qo’yish, hisobni boshqarish haqida batafsil ma’lumot olish hamda bank hududiy bo’limlari va ularning manzili, ish tartibini bilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Miijozlar va hamkorlar bilan muloqot sifatining yangi bosqichiga chiqqan «Hamkorbank» o’z mijozlariga individual yondoshishni ta’minlash maqsadida ularning so’rovlariga tezkor ravishda javob berish, shu tariqa xizmat ko’rsatish jarayonini yanada optimallashtirishga intilmoqda.