Hamkorbank omonatlari – daromadli va ishonchli!

Hamkorbank omonatlari – daromadli va ishonchli!

13 / 08 / 2021

Bank omonati – bu mablag‘larni ko‘paytirish bilan birga ularni xavfsiz saqlash va inflyatsiyadan himoya qilish usuli hamdir.

Doimiy daromaddan tashqari omonatning yana qanday afzalliklari mavjud:

  • Omonatdan olingan daromad soliqqa tortilmaydi;
  • Omonat haqidagi ma'lumot mutlaqo maxfiy bo‘lib, uning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi;
  • Har bir omonat majburiy tarzda sug‘urta qilinadi.

E'tiborli jihati shundaki, omonat Bank hisobidan sug‘urta qilinadi, bu esa omonat bo‘yicha foizlar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lab borilishi hamda omonat muddati tugaganidan keyin omonatning asosiy summasi qaytarilishi uchun qo‘shimcha kafolat bo‘lib xizmat qiladi.

Foizlar kapitalizatsiyasiga ega omonatlar ommalashib bormoqda. Negaki bunday omonatlar, an'anaviy muddatli omonatlardan farqli ravishda yanada yuqori daromadli sanaladi. Kapitalizatsiyaning afzalligi shundaki, omonat foizlari ham daromad keltiradi.

Endi esa an'anaviy muddatli omonatning kapitalizatsiyali omonatdan farqini yaqqol ko‘rsatib beradigan namuna keltiramiz.




Ko‘rib turganingizdek, kapitalizatsiyaga ega omonatning yakuniy summasi oddiy omonatnikidan 1,9% ga ko’p, ikkala omonatning yillik foiz stavkasi bir xil bo‘lishiga qaramay.

Kapitalizatsiyali omonat, qo‘shimcha badal bilan boyitib borish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos pul jamg‘arish vazifasini o‘tashi ham mumkin. Jamg‘arishning bunday usuli belgilangan maqsadga erishish yoki orzuingizdagi xaridlar uchun mablag‘ yig‘ishni tezroq amalga oshirish imkonini beradi.

Hamkorbank moliya bozoridagi 30 yillik faoliyati munosabati bilan Respublika aholisi uchun kapitalizatsiyaga ega omonatni rasmiylashtirish imkonini taqdim etdi. Omonat shartlari ham jozibali:

  • Yillik foiz stavkasi – 20%;
  • Muddati – 13 oy;
  • Мinimal summasi – 3 000 000 so‘m.

Omonatni bank ofislarida rasmiylashtirish mumkin.

Hamkorbank omonatlarini rasmiylashtiring - jamg’armalaringiz miqdorini oshiring!


Hamkorbank – 30 yil Siz bilan birga!

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play