Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
«HAMKORBANK» – OSIYONING RIVOJLANAYOTGAN BOZORLARIDAGI ENG YAXSHI BANKI DEB TOPILDI

«HAMKORBANK» — OSIYONING RIVOJLANAYOTGAN BOZORLARIDAGI ENG YAXSHI BANKI DEB TOPILDI

17.05.2013
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Amerikaning «Global Finance» jurnali joriy yilning 19 mart kuni «Osiyoning rivojlanayotgan bozorlaridagi eng yaxshi banklari» ro’yxatini e’lon qildi. «Hamkorbank» ham mazkur ro’yxatdan o’rin olgan bo’lib, Osiyo mintaqasining rivojlanayotgan bozorlaridagi eng yaxshi banki degan sharafli nomga munosib deb topildi.

Jurnal tahririyati moliyaviy tahlilchilar, korporatsiya rahbarlari va banklar konsultantlaridan tarkib topgan maxsus guruh yordamida Osiyo va Tinch okeani mintaqalaridagi 22ta davlatning rivojlanayotgan bozorlarining eng yaxshi banklarini saralab oldi. G’oliblarni saralash jarayonida mutaxassislar bank aktivlarining o’sishi, foyda darajasi, strategik hamkorlik munosabatlari, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifati, raqobatbardoshlik qiymati va innovatsion mahsulotlar singari yo’nalishlarga alohida ahamiyat berdilar.
Bu borada olib borilgan eksklyuziv tadqiqotlar haqida batafsil ma’lumotlar jurnalning shu yilning may oyidagi sonida chop etiladi. G’oliblarni taqdirlash marosimi esa 2013 yil 12 oktyabr kuni Vashingtonda, Xalqaro milliy matbuot markazida Butunjahon Banki hamda Xalqaro valyuta fondining katta anjumanida o’tkaziladi.
Darvoqe, «Global Finance» jurnali Lotin Amerikasi, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Osiyo — Tinch okeani mintaqasi, Yaqin Sharq va Afrika davlatlarini qamrab olgan mazkur tadqiqotni o’tkazib kelayotganiga bu yil 20 yil to’ldi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026