Hamkorbank va BlueOrchard o’zaro hamkorlik doirasini yanada kengaytirmoqda!
23.12.2022
1 daqiqa
2022 yil 20 dekabr kuni Hamkorbank o’zining yetakchi xorijiy hamkorlaridan biri, investitsion kompaniya — BlueOrchard bilan 17 million AQSh dollarlik shartnomani imzoladi. Kelishuvga ko’ra mablag’lar davlatimizda faoliyat yuritayotgan kichik va o’rta biznes subyektlarini moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Ushbu kelishuv Hamkorbank’ning kredit salohiyatini yanada mustahkamlaydi. Bu esa, o’z navbatida, O’zbekiston bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
BlueOrchard — dunyodagi eng yirik va nufuzli moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi — jamiyat va atrof-muhitga foyda keltiradigan yo’nalishlarni moliyalashtirishdan iborat. BlueOrchard hozirgacha 90 dan ortiq mamlakatlarga 9 milliard AQSh dollaridan ziyod sarmoya kiritgan.