Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Hamkorbank va FMO o‘zaro hamkorlik doirasini kengaytirishda davom etmoqda!

Hamkorbank va FMO o‘zaro hamkorlik doirasini kengaytirishda davom etmoqda!

10.08.2021
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Joriy yilning 29-iyul kuni Hamkorbank va uning ko‘p yillik ishonchli hamkori hisoblangan Gollandiya Taraqqiyot Banki 100 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasini ajratish to‘g‘risida bitim imzoladi.
Bu liniya bo‘yicha mablag‘larni mijozlarga ham AQSH dollarida, ham milliy valyutada taqdim etish rejalashtirilgan.
Ushbu liniyaning asosiy maqsadi — kichik va o‘rta biznes, qishloq xo‘jaligi, shuningdek, yashil iqtisodiyot loyihalarini moliyalashtirishdan iborat. Shu bilan birga, ayollar va yosh tadbirkorlarning biznesini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Gollandiya Taraqqiyot Banki (FMO) — Yevropaning eng yirik moliya institutlaridan biri. Uning asosiy maqsadi xususiy loyihalarni moliyalashtirish va tadbirkorlik sohasini rivojlantirishdan iborat. Ayni damda FMO loyihalari 85 ta davlatni qamrab olgan va moliyalashtirish summasi 9,3 mlrd YEVROdan oshib ketgan.
Hamkorbank — 30 yil Siz bilan birga!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026