mc.yandex.ruyandex
Hamkorbank va “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ o‘rtasida ipoteka kreditini ajratish bo‘yicha Bosh kelishuv imzolandi

Hamkorbank va “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ o‘rtasida ipoteka kreditini ajratish bo‘yicha Bosh kelishuv imzolandi

18 / 12 / 20202020 yil 18 dekabr kuni “Hamkorbank” ATB va “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ o‘rtasida aholiga qulay imtiyozli shartlarda ipoteka kreditini ajratish yo‘nalishi bo‘yicha Bosh kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuv ipoteka kredit liniyasi bo‘lib, Hamkorbank tomonidan o‘rta va kam daromadli aholi vakillarini birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorida 20 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli ipoteka kreditlarini hamda uy-joy ta’mirlash uchun kreditlarni moliyalashtirishga imkon beradi.

Ta’kidlash joizki, Hamkorbank Respublikada faoliyat yuritayotgan davlat ulushi mavjud bo‘lmagan banklar ichida birinchi bo‘lib “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ bilan shu kabi Bosh bitim imzolagan bank bo‘lib kelmoqda.
___

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabr kunidagi 868-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Kompaniyani asosiy maqsadi respublika ipoteka bozorini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida qo‘shimcha rivojlantirish va yangi moliyaviy vositalarni tatbiq etish hisoblanadi.


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play