Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
"Hamkorbank" xorijiy valyutada yangi omonat turini joriy etdi

«Hamkorbank» xorijiy valyutada yangi omonat turini joriy etdi

18.04.2014
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» joriy yilning 18 aprel kunidan boshlab saqlash muddati 3 oy, yillik 10 foiz ustama hisobidan daromad to’lash sharti bilan «Maksimum» qisqa muddatli omonat turini joriy etdi. «Maksimum» omonatiga pul mablag’larini qo’yish muddati 18.04.2014 yildan — 01.05.2014 yilgacha.

Omonatga mablag’lar naqd pulda-xorijiy valyutada qabul qilinadi. Omonatning quyi va yuqori summasi cheklanmagan.
Omonat qoldig’iga hisoblangan foiz daromadini omonatchi hisobvarag’ini yopganda yoki omonatchining xohishiga ko’ra har oyda AQSh dollarida olishi mumkin.
«Maksimum» qisqa muddatli omonat turiga aholi mablag’larini qabul qilish «Hamkorbank» OATB barcha filial va minibanklari orqali amalga oshiriladi.
«Hamkorbank» OATB da depozit hisobvaraqlariga joylashtirilgan pul mablag’lari «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq davlat tomonidan himoyalangan. Omonatlar soliq va majburiy to’lovlardan ozod qilinadi, mablag’lar manbalari dekleratsiya qilinmaydi va bank siri hisoblanadi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026