«Hamkorbank» Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan shartnoma imzoladi.
18.05.2023
1 daqiqa
Ushbu bitim mikro, kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish uchun 50 million AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini ko‘zda tutadi.
Uning imzolanishi joriy yilning 18-may kuni Samarqand shahrida YTTB Boshqaruvchilar kengashining yillik 32-yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur shartnoma doirasidagi mablag‘lar O‘zbekistonda tadbirkor ayollar, yashil iqtisodiyot, mikro, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
YTTB O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga faol sarmoya kiritmoqda. YTTBning Samarqandda bo‘lib o‘tgan yillik yig‘ilishi mamlakatlar va ishtirokchi korxonalar o‘rtasida fikr almashish uchun yaxshi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Eslatib o’tamiz, YTTB va Hamkorbank 20 yildan ortiq vaqtdan buyon o’zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Samarali hamkorlik yillari mobaynida YTTB «Hamkorbank»ni O‘zbekistondagi yetakchi va faol hamkori sifatida bir necha bor e’tirof etgan.