«Hamkorbank» ATB Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bilan umumiy miqdori 20 mln AQSH dollari bo‘lgan kredit shartnomalarini imzoladi
14.12.2023
1 daqiqa
Joriy yilning 12-dekabr kuni Toshkentda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) va Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki o‘rtasida yashil iqtisodiyotni hamda yosh tadbirkorlar faoliyatini moliyalashtirish uchun umumiy 20 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘lar ajratish to‘g‘risida kredit shartnomalarini rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur shartnomalar O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarni va yosh tadbirkorlarni moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun mablag‘lar ajratishni va xususiy sektorga investitsiyalarni oshirishni ko‘zda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, YTTB va Hamkorbank 20 yildan ortiq vaqtdan buyon o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Samarali hamkorlik yillari mobaynida YTTB tomonidan «Hamkorbank» O‘zbekistondagi yetakchi va faol hamkori sifatida bir necha bor e’tirof etilgan.