«Hayot uchun» ishtirokchisi — «Hamkorbank»
18.04.2013
1 daqiqa
17 aprel kuni Fond-forum, «Ayollar kengashi» RJB, «Hayot uchun!» ko’krak bezi saratoni milliy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan «Hayot uchun!» xayriya-forum marafoni Andijon viloyatida quloch yozdi. An’anaga ko’ra marafondan tushgan mablag' ko’krak bezi saratoni bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etish, jumladan, KBS bilan xastalangan ayollarni tibbiy tekshiruvdan o’tkazish, onkologik kasalliklarni davolash uchun dori vositalarini xarid qilishga sarflanadi.
Ayollar salomatligi uchun tashkil etilgan mazkur xayriya tadbiriga Hamkorbank ham o’z hissasini qo’shdi. Bank xodimlari bu tadbirda faol ishtirok etdilar.