"HBCapital" Istanbuldagi XX Yevroosiyo obligatsiyalar Kongressida O‘zbekistonning eng yaxshi investitsiya kompaniyasi deb tan olindi!
15 / 06 / 2024Joriy yilning 13-iyun sanasida "HBCapital" vakillari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan XX Yevroosiyo obligatsiyalar Kongressida ishtirok etdilar. CBonds Congress tomonidan tashkil etilgan tadbirda asosiy mavzular, jumladan, jahon bozoridagi makroiqtisodiy prognozlar, Turkiya Respublikasi moliya bozori, MDH mamlakatlaridagi investitsiya imkoniyatlari, Islomiy moliyalashtirish va investitsiya g‘oyalari muhokama qilindi."HBCapital" "Hamkorbank" ATB sho‘ba korxonasi bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar bozorida marketmeykerlik faoliyati bilan shug‘ullanadi, likvidlikni saqlashga yordam beradi va savdolarning samarali amalga oshishini ta'minlaydi.