Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
HBCapital — “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” VII Xalqaro konferensiyasining homiysi

HBCapital — «O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori» VII Xalqaro konferensiyasining homiysi

23.09.2025
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Hilton Tashkent City mehmonxonasida Cbonds kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori» mavzusidagi VII xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 10 davlatdan 150 dan ortiq ishtirokchi — davlat tashkilotlari, moliyaviy institutlar, banklar, brokerlik kompaniyalari xodimlari, emitentlar va xalqaro ekspertlar qatnashdi.

Bank ta’sischiligidagi HB Capital kompaniyasi homiy va spiker sifatida faol ishtirok etdi.

Tadbirga HBCapital bosh direktori Rishat Mustafin spiker sifatida taklif etildi va o‘z ma’ruzasida, O‘zbekiston obligatsiyalar bozorining hozirgi holati va istiqbollari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, o‘tgan yili amalga oshirilgan Hamkorbankning diskontli korporativ obligatsiyalari emissiyasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Ushbu emissiya o‘z formatida O‘zbekiston kapital bozori tarixida birinchi bo‘ldi.

Hamkorbank ATB rahbariyati HB Capital’ning mamlakat kapital bozorini rivojlantirish yo‘lidagi tashabbus va sa’y-harakatlarini yuksak qadrlashini ta’kidladi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026