Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
HUMO terminallari orqali kontaktsiz to‘lovlarni qanday qabul qilish mumkin?

HUMO terminallari orqali kontaktsiz to‘lovlarni qanday qabul qilish mumkin?

13.04.2020
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Hurmatli tadbirkorlik sub’yektlari. Sizlardan HUMO terminallari orqali kontaktsiz to‘lovlarni qanday qabul qilish bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Shu sababli HUMO terminallaridan foydalanish yuzasidan qisqa qo‘llanmani e’tiboringizga havola etishga qaror qildik.

  1. Savdo terminali orqali kontaktsiz to‘lovlarni qabul qilish uchun terminalning «0» tugmasi bosiladi.
  2. Ekranda «0 — oplata» va «1 — balans» menyusi ko‘rinadi.
  3. «0» tugmasini tanlab, zarur summa kiritiladi va yashil tugma bosiladi.
  4. Ekranda «NFC» belgisi ko‘rinadi, mijoz kartani shu belgiga tekkizishi kerak.
  5. Agar summa 50 000 so‘mdan yuqori bo‘lsa, PIN-kod kiritish talab etiladi.


«Sverka itogov» bu — savdo terminali orqali amalga oshirilgan tushumlarni bank hisob raqamiga o‘tkazishdir. Uni amalga oshirish uchun:

  • Terminaldagi oq tugma bosiladi. Ekranda kassir menyusi paydo bo‘ladi.
  • «1» tanlangandan keyin «Smena zakrita» yozuvi chiqadi.
  • «Sverki itogov» qilinganidan so‘ng savdo tushumi bank hisob raqamida aks etadi.

Yana savollar tug‘ilgan bo‘lsa, 0 800 1−200−200 raqami orqali ularga bajonidil javob berishga tayyormiz.

Hamkorbank barchangizga salomatlik tilaydi, o‘zingizni ehtiyot qiling!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026