Hurmatli aksiyadorlar!
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi:
Andijon sh., Bobur shox ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz ) Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki 2022 yil 28 iyun kuni soat 15:00 da Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank» Bosh ofisi binosida aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishini o‘tkazadi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2022 yil 31 may.
Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2022 yil 22 iyun.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
Bank Boshqaruvinining 2021 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha hisoboti;
Bank Kengashining 2021 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha hisoboti;
Bankning 2021 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha bank Taftish komissiyasining hulosasini tinglash;
Bankning 2021 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha tashqi auditor hulosasini eshitish, bankning 2021 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash;
2021 yil faoliyati yakuni bo‘yicha Bank foydasini taqsimlash;
2021 yil faoliyati yakuni bo‘yicha Bankning imtiyozli aksiyalariga dividend to‘lash;
Bankning majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini beliglash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash;
Bankning «umidsiz» deb topilgan aktivlarini hisobdan chiqarish;
Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend Bankning taqsimlanmagan foydasiga qaytarish;
Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
Bank Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
«Hamkorbank» ATB Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Nizomiga o‘zgartirishlar kiritish;
«Hamkorbank» ATB Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizomiga o‘zgartirishlar kiritish;
«Hamkorbank» ATB Korporativ boshqaruv kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish;
«Hamkorbank» ATB Boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomiga o‘zgartirishlar kiritish;
Bank Taftish komissiyasi tarkibini bekor qilish va «Hamkorbank» ATB Taftish komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida;
Bank Kengashining yangi tarkibini tasdiqlash;
Bank Kengashining 2022 yil uchun harajatlar smetasini tasdiqlash.
Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan, uni raxbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim etishi shart.
Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillari bilan bankning Bosh offisida tanishish mumkin. Telefon: (78) 298−04−33.
«Hamkorbank» ATB Kengashi