Hurmatli aksiyadorlar!
Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi
o‘tkazilishini ma’lum qiladi:
Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki 2023-yil 26-may kuni soat 15:00 da Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank» Bosh ofisi binosida aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.
Aksiyadorlarni va/yoki uning vakillarini ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2023-yil 27-aprel.
Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2023-yil 22-may.
KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:
1. Bank Boshqaruvining 2022 yil yakunlari bo’yicha faoliyati to’g’risidagi hisoboti.
2. Bank Kengashining 2022 yil yakunlari bo’yicha faoliyati to’g’risidagi hisoboti.
3. Bankning 2022 yilgi faoliyati bo’yicha tashqi auditorning auditorlik xulosasini eshitish va Bankning 2022 yil yakuni bo’yicha moliyaviy hisobotini tasdiqlash.
4. Bank faoliyatining 2023 yil uchun majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tayinlash, ush bu tashkilotning xizmatlari uchun to‘lanadigan eng ko’p xaq miqdorini belgilash
5. Bankning 2022-yil yakuni bo’yicha foydasini taqsimlash.
6. 2022-yil yakunlari bo‘yicha bank aksiyalari bo‘yicha dividendlar to‘lash.
7. Bankning ustav kapitalini oshirish to‘g‘risida.
8. Bankning e’lon qilingan aksiyalarining eng ko‘p miqdorini belgilash to‘g‘risida.
9. Ustav kapitalini mazkur ko‘paytirish, shuningdek, ustavga bankning ustav kapitalini ko‘paytirish va e‘lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog‘liq kutilayotgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolatlarini bank Kengashiga o‘tkazish.
10. Bank Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida.
11. «Hamkorbank» ATB aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida"gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
12. «Hamkorbank» ATB Kuzatuv kengashi to‘g‘risida"gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
13. Bankning «umidsiz» aktivlarini undirish bo‘yicha bank tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida.
14. Bank Kengashi tarkibidagi o‘zgarishlarni tasdiqlash.
15. Bank Kengashining 2023-yil uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash.
Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan, uning raxbarning imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim etishi shart.
Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh offisida tanishish mumkin. Telefon nomer (78) 298−04−33.
«Hamkorbank» ATB Kengashi