Hurmatli aksiyadorlar!
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi:
Andijon sh., Bobur shoh ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki 2021 yil 24 iyun kuni, soat 15:00 da Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank» Bosh ofisi binosida aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishini o‘tkazadi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2021 yil 01 iyun.
Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2021 yil 18 iyun.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
- Bank Boshqaruvining 2020 yil bank faoliyati yakunlari bo‘yicha hisoboti.
- Bank Kengashining 2020 yil faoliyati bo‘yicha hisoboti.
- Bankning 2020 yil faoliyati bo‘yicha bank Taftish komissiyasining xulosasini tinglash.
- Bankning 2020 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha tashqi auditor xulosasini eshitish, bankning 2020 yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash.
- 2020 yil faoliyati yakuni bo‘yicha bank foydasini taqsimlash.
- 2020 yil faoliyati yakuni bo‘yicha bankning imtiyozli aksiyalariga dividend to‘lash.
- Bankning majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash.
- «Hamkorbank» ATB 2021−2023 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini tasdiklash.
- Bankning «umidsiz» deb topilgan aktivlarini hisobdan chiqarish.
- Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
- Bank Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish.
- Yangi tahrirdagi «Hamkorbank» ATB Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida"gi nizomni tasdiqlash.
- Yangi tahrirdagi «Hamkorbank» ATB Kuzatuv kengashi to‘g‘risida"gi nizomni tasdiqlash.
- Yangi tahrirdagi «Hamkorbank» ATB Boshqaruvi to‘g‘risida"gi nizomni tasdiqlash.
- Bank Taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash.
- Bank Kengashining yangi tarkibini saylash.
- Bank Kengashining 2021 yil uchun harajatlar smetasini tasdiqlash.
- Bank Taftish komissiyasining 2021 yil uchun harajatlar smetasini tasdiqlash.
- Bank Boshqaruv Raisini saylash.
Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi shart.
Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh ofisida tanishish mumkin. Telefon nomer (78) 298−04−33.
«Hamkorbank» ATB Kengashi