Hurmatli aksiyadorlar!
Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki
Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi:
Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki 2023-yil 29-avgust kuni soat 15:00 da Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank» Bosh ofisi binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.
Aksiyadorlarni va/yoki uning vakillarini ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2023-yil 03-avgust.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2023-yil 23-avgust.
KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:
- Bankning 2023-yilning birinchi yarmidagi faoliyati yuzasidan tashqi auditorning auditorlik xulosasini eshitish va bankning 2023 yil birinchi yarim yillik moliyaviy hisobotini tasdiqlash.
- 2023-yilning birinchi yarim yillik joriy foydasining bir qismini umumiy zaxira fondiga o‘tkazish.
Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan, uning raxbarning imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim etishi shart.
Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh offisida tanishish mumkin. Telefon nomer (78) 298−04−33.
«Hamkorbank» ATB Kengashi