Hurmatli aksiyadorlar!
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi:
Andijon sh., Bobur shox ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki 2022 yil 30 avgust kuni soat 15:00 da Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank» Bosh ofisi binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy hisobot yig‘ilishini o‘tkazadi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2022 yil 05 avgust.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2022 yil 24 avgust.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
- 2022 yilning I-yarim yilligidagi foydaning bir qismini umumiy zaxira fondiga o‘tkazish;
- Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
- Bank Kuzatuv Kengashi a’zosining vakolatlarini tugatish;
- Bank Kuzatuv Kengash a’zoligiga yangi nomzod saylash.
Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan, uning rahbarning imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim etishi shart.
Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh offisida tanishish mumkin. Telefon nomer (78) 298−04−33.
" Hamkorbank" ATB Kengashi