Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Hurmatli mijoz!

Hurmatli mijoz!

05.03.2021
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Dunyo miqyosida turli firibgarlik holatlari tobora kuchayib borayotganligi sababli «Hamkorbank» ATB Sizni xavfdan xoli etuvchi qo‘yidagi qoidalarga amal qilishingizni so‘raydi:

  1. SMS-xabarnoma xizmatini albatta faollashtiring;
  2. Bank kartangiz ma’lumotlarini doimiy kuzatib borish uchun uni «Hamkor Mobile» mobil ilovasiga biriktirib oling;
  3. Bankning mobil ilovasi yordamida xalqaro bank kartangiz uchun 3D secure xizmatini yoqtirib oling;
  4. Turli saytlarda e’lon berganingizda bank kartasi tasvirini biriktirmang;
  5. Hech kimga, hatto bank xodimlariga ham kartangiz ma’lumotlarini, ayniqsa, xalqaro karta ma’lumotlari — PIN va CVV kodlarni aytmang;
  6. Kartaning paroli sifatida to‘rtta bir xil raqam yoki tug‘ilgan yilingizni tanlamang;
  7. Odamlar gavjum joylarda bank kartasidan ochiq holda foydalanmang;
  8. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan shubhali aktsiyalarga ishonmang va bank kartasini ilovalardan o‘tkazish chog‘ida SMS-xabar orqali yuborilgan tasdiq kodlarini begona shaxslarga oshkor qilmang.


Unutmang, karta sizning hamyoningizdir. U bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor qilmang.

Asabingiz va mablag‘laringizni asrang!
Hamkorbank — 30 yil Siz bilan birga!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026