Hurmatli mijozlar!
«Hamkorbank» ATB Kengashining 2022 yil 28 sentyabr kungi 18 — sonli Qaroriga asosan bank filiallarini bosqichma — bosqich tugatish (yopish) va ularning o‘rnida bank xizmatlari ofislarini (BXO) tashkil etish munosabati bilan bankning Nurafshon, Angren, Chirchiq, Kattaqo’rg’on, Uchtepa, Chinoz, Chust, Mirobod hamda Qashqadaryo mintaqaviy filiallari tugatilganligini (yopilganligini) va ularning o‘rnida Nurafshon, Angren, Chirchiq, Kattaqo’rg’on, Uchtepa, Chinoz, Chust universal hamda Mirobod, Qashqadaryo mintaqaviy BXO tashkil qilinganligini ma’lum qilamiz.