Hurmatli mijozlar!
17.07.2023
1 daqiqa
«Hamkorbank» ATB Kengashining 2022 yil 28 sentyabr kungi 18 — sonli Qaroriga asosan bank filiallarini bosqichma — bosqich tugatish (yopish) va ularning o‘rnida bank xizmatlari ofislarini (BXO) tashkil etish munosabati bilan bankning Shahrisabz, Xazorasp, Namangan mintaqaviy, Istiqbol, Quvasoy, Farg’ona mintaqaviy, Xorazm mintaqaviy, Urgut, Yangiyo’l, Denov, Shayxontohur, Asaka, Shahrixon, Nodirabegim, Qo’qon, Marg’illon, Yunusobod, Guliston, Jizzax, Chilonzor va Olmaliq filiallari tugatilganligini (yopilganligini) va ularning o‘rnida Shahrisabz, Xazorasp, Istiqbol, Quvasoy, Urgut, Yangiyo’l, Denov, Shayxontohur, Asaka, Shahrixon, Nodirabegim, Qo’qon, Marg’illon, Yunusobod, Chilonzor va Olmaliq universal hamda Namangan, Farg’ona, Guliston, Xorazm, Jizzax mintaqaviy BXOlari tashkil qilinganligini ma’lum qilamiz.