Hurmatli mijozlar!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2021 yilning 5 noyabr kunidan boshlab jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatish tariflariga quyidagi o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritiladi:
| 2 | Jismoniy shaxslarning omonatlari bo‘yicha: | |
| 2.12 | Jismoniy shaxslardan qabul qilingan naqd pul shaklidagi bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish: | |
| а) | 1 000 000 (Bir million) so‘mgacha qabul qilingan naqd pul shakldagi bir martalik to‘lovlar | 5 000 so’m |
| b) | 1 000 000 (Bir million) so‘m va undan yuqori miqdorda qabul qilingan naqd pul shaklidagi bir martalik to‘lovlar, summadan | 0,5% |
| 1.5.5 | Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridagi mablag‘larni arizaga asosan terminal orqali boshqa to‘lovlar uchun filial yoki boshqa bankka naqdsiz shaklda o‘tkazilganda: (Jamg‘arma va muddatli omonatlarga, bankdan olgan kredit to‘lovlariga, kreditning oldindan to‘lovlari uchun o‘tkazilganda bundan mustasno) | |
| а) | Plastik kartalardan 1 000 000 (Bir million) so‘mgacha mablag‘larni arizaga asosan terminal orqali boshqa to‘lovlar uchun filial yoki boshqa bankka naqdsiz shaklda o‘tkazilganda | 5 000 so’m |
| b) | Plastik kartalardan 1 000 000 (Bir million) so‘m va undan yuqori miqdordagi mablag‘larni arizaga asosan terminal orqali boshqa to‘lovlar uchun filial yoki boshqa bankka naqdsiz shaklda o‘tkazilganda | 0,5% |