Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
“Hamkorbank” ATB va International Finance Corporation (IFC) o`rtasida yangi bitim tuzildi

«Hamkorbank» ATB va International Finance Corporation (IFC) o‘rtasida yangi bitim tuzildi

14.06.2025
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

2025 yil 12-iyun kuni poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida Hamkorbank o‘zining yetakchi hamkorlaridan biri hisoblangan Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) bilan umumiy miqdori 50 000 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan yangi shartnoma imzoladi.

Ushbu bitimga binoan, moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan kredit mablag‘ining katta qismi-mikro, kichik va o‘rta korxonalar, 35 foizi esa ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Aytish joizki, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga kiritilayotgan faol sarmoya sifatida, bitimdan ko‘zlangan asosiy maqsad, XMK talablariga mos keluvchi loyihalar — yurtimizda kichik va o‘rta biznes subyektlari, qolaversa, O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun yangi moliyaviy imkoniyatlarga eshik ochishdan iborat.

Ma‘lumot o‘rnida, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) va Hamkorbank o‘rtasida tuzilgan dastlabki shartnomalar muvaffaqiyatli amalga oshiriganligini hisobga olgan holda, mazkur bitim ham kelgusida Hamkorbankning salohiyatini yanada mustahkamlash va xizmatlar doirasini kengaytirishga xizmat qilibgina qolmay, O‘zbekistondagi qator banklar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mevasi sifatida, biznesni yangi bosqichga olib chiqadi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026